logo

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Start-up loyihalarni qo’llab quvvatlovchi inkubatsiya markazi

  • shape
shape

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI INKUBATSIYA MARKAZI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-avgustdagi 07/1-1720-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 27-noyabrdagi 87-03-4981-son xatiga asosan Samarqand davlat universiteti rektorining 201-ij buyrug‘i asosida Samarqand davlat universitetida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) xududiy filiali inkubatsiya markazi tashkil etildi.

Sizda g'oya yoki startap loyiha mavjud lekin siz uni qanday amalga oshirishni bilmayapsiz. Biz sizga bu borada yordam beramiz.

shape

Sizning biznesingizga dasturiy ta’minot orqali ko'maklashamiz va loyihalaringiz rivoji uchun qo'shimcha taklif va fikrlar kiritamiz.

Biz bilan dasturlash sohasida bilim va ko'nikmalar olishingiz va bu soha bo'yicha katta malakali dasturchi bo'lishingiz mumkin

shape

Yangiliklar va e'lonlar

article

"ICPC" dasturlash boʻyicha chempionat!

27-noyabr kuni O‘zbekistonda "ICPC" dasturlash chempionatining mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tadi.

article

Samarqand davlat universiteti yosh dasturchilari ICPC Xalqaro CP turnirining yarim finalida ishtirok etadi

Samarqand davlat universiteti yosh dasturchilari ICPC Xalqaro CP turnirining yarim finalida ishtirok etadi

ISH TARTIBIMIZ

BIZ QANDAY ISH YURITAMIZ?

1

KELISHUV

Biz siz bilan aloqaga chiqamiz, loyihaning barcha tafsilotlarini, muddati va yakuniy narxini kelishamiz.

2

INNOVATSIYA

Biz siznig biznesingizni va raqobatchilarni sinchkovlik bilan o'rganib chiqib buyurtmani amalga oshiramiz.

3

KREATIVLIK

Bizning jamoa mukammallikni va zamonaviylikni yoqtiradi va Sizga ham shunday mahsulotni tayyorlab beradi.

4

EKSPIREMENT

Tayyor mahsulot ustida tajriba testlari o'tkazib ko'ramiz toki loyiha butunlay tayyor bo'lmaguncha.

Loyiha va Start-up lar

article

Reyting Partfolio

O`qituvchilar o`z shaxsiy javoniga saqlagan ilmiy ishlari va ish rejalarini Kafedralar tomonidan zarur vaqtda O`qituvchini bezovta qilmasdan va hech qanday muammosizolish va o`z navbatida statistika reytingini shakllantirib borish.

article

LifePC

TVA - Video va Audio ma`lumotlaridagi matndan umumiy xulosa olish

article

Helper

Online ishonchli yordam platformasi

duel-phone

Asosiy vazifalar

  • Universitetning professor o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalarining START-UP loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
  • START-UP tanlovlar va musobaqalar tashkil etish asosida iqtidorli yosh dasturchilarni saralab olish;
  • “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida malaka oshirgan professoro‘qituvchilar yordamida Samarqand davlat universiteti talabalarini loyihaga keng jalb etish orqali tajriba va ishtirokchilar sonini oshirish;
  • Inkubatsiya markazi tomonidan universitet va tashkilotlar uchun dasturiy mahsulotlar yaratish hamda amaliyotga joriy qilish;
  • Samarqand davlat universitetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarini keng jalb etish maqsadida Samarqand IT-park rezidentlari bilan hamkorlikda master-klass, trening, uchrashuvlar va onlayn vebinarlar tashkil etish.